Bitta havola —
butun biznesingiz
Instagram bio uchun sahifa. Tugmalar, mahsulot katalogi va buyurtma formasi — hammasi bitta havolada. Mijoz buyurtma bersa, xabar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Telegram’ingizga tushadi.
Karta talab qilinmaydi · 2 daqiqada tayyor
Dilnoza Beauty
Toshkent · Chilonzor
Onlayn navbat olish
Bir bosishda
Manikyur
130 000 so‘m
Pedikyur
100 000 so‘m
Nodira · +998 90 123 45 67
Manikyur ×2 — 230 000 so‘m
Qanday ishlaydi
Sahifa yasang
Bloklarni qo‘shasiz: tugmalar, aloqa, mahsulot katalogi, savol-javob. Bir necha daqiqa oladi.
Havolani bioga qo‘ying
Instagram, Telegram yoki TikTok bio’ga. Mijoz bosadi va hamma narsani bitta joyda ko‘radi.
Buyurtmani qabul qiling
Mijoz mahsulot tanlaydi va buyurtma beradi. Kim, nima, qancha — hammasi Telegram’ingizga tushadi.
Nimasi bilan farq qiladi
Xalqaro xizmatlar Telegram bilan ishlamaydi va pul so‘raydi. Biz bepulmiz va Telegram’dan boshladik.
Butunlay bepul
Pullik tarif yo‘q, komissiya yo‘q, karta so‘ralmaydi.
Buyurtma Telegram’ga tushadi
Kim, nima, qancha, telefon raqami — darhol telefoningizda. DM’da yozishmalar kerak emas.
Mahsulot katalogi
Narxlar, rasmlar, savatcha va buyurtma formasi. To‘lov yetkazib berishda naqd.
Haqiqiy analitika
Ko‘rish → bosish → ariza → buyurtma. Qaysi tugma ishlayotgani ko‘rinadi.
Telegram Mini App
Sahifa Telegram ichida ham xuddi shunday ochiladi va ishlaydi.
Tez ochiladi
Mobil internetda ham bir soniyada. Sekin sahifa — ketgan mijoz.
Loyiha bepul va shunday qoladi
Taplink UZ bitta odam tomonidan yasalyapti. Foydali bo‘lgan bo‘lsa, bir piyola qahva ulashing — bu ishni davom ettirishga yordam beradi.
Sahifangizni hozir yasang
Telegram yoki Google bilan kiring — bir necha daqiqadan keyin havolangiz tayyor.
Boshlash